TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI
ONLINE QABUL ARIZASI — OFERTA SHARTNOMASI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu oferta matniga ko'ra, ariza topshiruvchi ("Ariza beruvchi") Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ("Universitet") ga qabul bo'lish uchun murojaat qiladi.
1.2. Ariza beruvchi taqdim etgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun shaxsan javobgar bo'ladi.
2. Qabul jarayoni
2.1. Ariza qabul qilingandan so'ng, Universitet xodimlari 1–2 ish kuni ichida telefon orqali bog'lanadi.
2.2. Qabul tasdiqlangandan so'ng ariza beruvchi zarur hujjatlarni Universitetga taqdim etishi shart.
3. Shaxsiy ma'lumotlar
3.1. Taqdim etilgan barcha shaxsiy ma'lumotlar faqatgina qabul jarayonida ishlatiladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
4. Ta'lim shartnomasi va to'lov
4.1. Qabul tasdiqlangandan so'ng rasmiy ta'lim shartnomasi imzolanadi.
4.2. Yillik kontrakt to'lovining kamida 50% i birinchi semestr boshlanishidan avval to'lanadi.
5. Ma'lumotlar tizimlariga rozilik
5.1. USHBU OFERTANI TASDIQLASANGIZ, SIZ HEMIS VA BILLING PLATFORMALARIGA KIRITILISHGA ROZILIK BERASIZ.
6. Yakuniy qoidalar
6.1. "Qabul bo'lish" tugmasini bosish barcha shartlarni qabul qilganligini anglatadi.
6.2. Barcha nizolar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.